avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahalla faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият


Qashqadaryo  viloyati Muborak
 
tumanidagi   13-umumiy o’rta ta’lim
 
                 maktabning IX “A”  sinf 
 
                           o’quvchisi Jumayeva  Mohlaroy
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mening  bobom, buvim-mahalla faxri.
 
Reja
 
 1.Nuroniy  ota-onasi  borlar eng  badavlat  insonlardir.
 
 2.Bobo-buvimiz uyimiz  farishtalari.
 
 3.Bobo-buvimizning    mahalladagi  o’rni.
 
    Har    kimning  ham  o’z  oilasi  bor. Oilada  bobo-buvi, ota-ona,  aka-uka, opa-singil ahil bo’lib  yashaydi. Hovlimizning  fayzu-tarovati, ziynati qalbi  limo-lim bo’lgan  uyimiz  farishtalari bizning bobo- buvimizdir. Donishmand  bobo-yu momolarimizning  sabr-bardoshlari, qanoatlari,  shukronalari,  har  kun  uchun  ollohdan mingdan-ming rozi  bo’lib duoga  qo’l  ochib  yurganlarida uyimiz    bundan-da  fayzli  bo’lganini  sezamiz.  “Qarisi   bor  uyning  parisi  bor  deydilar”. Chindan  ham  keksalar  bor  uy  xonadon  eng  tabarruk   fayzli  gusha, nuroniy  ota-onasi  borlar  eng  badavlat  insonlardir.  Yoshi  ulug’larimiz  oila  atalmish    bog’ning  bog’boni,  mahalla  tarbiya  maskanining    charog’bonidirlar.  So’zlari  hikmat, har  ishi  ibrat nuroniylarimizni  davralarimiz  ko’rki  boshimizdagi  tojidir  deymiz.
 
       Ularning    yashab  o’tgan   hayot  yo’lllarida   biz   uchun    ibratlar, umr  andozalari  bor.Dunyoning  bor  zakovati-yu mehr-muhabbati  qalbiga  jo   bo’lgan  bu  insonlar  xizmatida  bo’lishni  baxt  deb, ularni  e’zozlashni   saodat  deb biladigan  xalqdirmiz.Shuning  uchun  ham yurtboshimiz  2015-yilni  “Keksalartni  e’zozlash” yili   deya  nom  berishlari  g’oyatda  yaxshi  ish  bo’ldi.  Keksalarni  e’zozlash  yilida  nuroniy  bobo-buvilarimizga katta  e’tibor ko’rsatildi.  Jumladan   ularga  bepul  tibbiy yordam  ko’rsatish, dam  olish  maskanlariga  yuborish,  og’ir  yotgan  keksalar  holidan  xabar  olish
kabi  ishlar amalgam  oshirildi .  Ularning  bu  kunlarga  yetkazganliklari tinch  va  farovon   hayotning   qadriga  yetishini  bizga  nasihat  bilan  duoga  qo’l  ochishar  ekan  doim takidlashadi:  Mamlakatimiz  yuksalishida  keksalarning   duolari  qo’l  keladi

Mening bobom va buvim maxallamiz faxri

33-maktab
Muborak tuman XTMFMT va TEB tasarufidagi

33 – umumiy o’rta ta’lim maktabi

6 — Sinf o’quvchisi

Turabova Sojida Shokir qizining

“Keksalarni e’zozlash” yiliga bag’ishlab yozgan inshosi

Мavzu: Mening bobom va buvim maxallamiz faxri

Re ja
1. Keksalari e’zozlagan yurt bardavom bo’lur.
2. Bobom va buvim o’gitlari.
3. Mahalla obod – yurt obod

Assalomdan boshlang so’zingiz,
Yuzlariga bosib yuzingiz.
Poyiga nur bo’lsin ko’zingiz,
Quvonch nur berib o’zingiz,
Har bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e’zozlab yashang.
Ravshanbek Mirzaolimovning ushbu “E’zoz” she’ri aynan dono keksalarimiz haqida
yoz ilgan. Bu she’rda mustaqilligimiz bergan tinchlikning dorullamon kunlari kuylangan.
Muxtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov milliy mentoletimiz,
ananalarimizni izchil davom e’ttirish madsadida davlatimiz mustaqilligining dastlabki
yillaridanoq keng miqyosda xalqimizning fidoyi, jonkuyar ardoqli mehnat faxriylari,
keksalarni e’zozlab ularga hurmat ko’rsatish ijtimoiy muhofaza qilish borasida
doimiy ravishda e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatib kelmoqdalar.
Inson umri go’yo aylanguvchi charxapalakka o’xshaydi. Charxpalak faqat oldinga
qarab aylanadi. Har kosa ichida yangi suvlarni olib, toki suvning oqimiga yordam
beradi. Inson — bugun sho’x – shodon bola, so’ngra ulg’ayib padaribuzrukvor ota,
mehribon ona, keyin esa bobo, buvi bo’ladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar
bo’lganlar farzand va nabiralarini mehr — muruvvat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.
Keyinchalik keksaygan bo’lsalarda, farzandlarini yosh boladek erkalab, yo’l – yo’riq
ko’rsatishadi. Yurt ham mana shunday. Yurtda donolar ezgu duolar qilsagina,
o’z tajribalariga suyanib pand — nasihat bersagina yuksalish ravnaq topib boraveradi.
Dasturxon atrofida yeg’ilib o’tirgan oilamizni tasavvur qilaylik, mana shu dasturxon
atrofidan turib kenayotganivizda, albatda oila a’zolarimiz bilan birgalikda yurt
tinchligi, yaxshi niyatlarimizning ezgu tilaklarimizni amalga oshishini omin qilamiz.
Mana shu niyatlarimizni albatda yuzimizga surtamiz. Birgalikda qilingan har qanday
ezgu istaklar amalga oshmasdan qolmaydi.

Xonadonlarimizni ko’rib, ko’chalarimizga fayz qo’shib, ko’rk berib turadigan
nuroniy keksalar borki atrofimizda ogohlik, xotirjamlik, osudalik hukmron.
Ertalab o’z duolari bilan ishga, o’qishga kuzatadegan otaxon va onaxonlareimiz
har bir bosgan qadamimizni nazorat qilib, begona oqimlar, yod g’oyalar ta’siridan
ehtiyotlab yurishadi. Ko’pni ko’rgan, hayotning achchiq — chuchugini totgan yoshi
ulug’lar rahnomoligi bois, tonglarimizda tinchlik, tunlarimizda holavat hukmron.
Buvijon va bobojonlarimiz xatolarimizni to’g’rilab, aybimizni, ko’rmaganday yurishadi.
Ularning tillaridan “Yangisini olmay eskisini tashlama”, Nimaniki qilsang xor, “o’shanga
bo’lasan zor”, “Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q”, “Nonning o’zi ham non,
ushog’i ham non” kabi isrofgarchilikni qoralovchi har bir nematning qadriga
yetishga, tejamkorlikka o’rgatuvchi maqollarni eshitib, axloqimiz va harakatlarimizni
tartibga solib boramiz.

Mening bobom va Buvim har doim biz kabi nabiralariga o’z naql va o\gitlarini
Bilan pand nasihatlarini ayamaydilar. Bobom har doim “ertalab ochib qo’yilgan
Deraza va eshikdan baraka keladi” deydilar. Buvim esa: Supirilgan hovlida
qut – baraka bo’ladi — deb uqtiradilar.
Boboyu momolarining pand nasihatlarinin eshitib katta bo’lgan bola o’z tengqurlari
orasida ajralib turadi. Shunday bolalarga e’tibor bersangiz, kuzatsangiz
darsliklarining muqovasi qoplamli, kitoblariga chizmagan, ozoda bo’ladi, sinfxona
va maktab jihozlarini asrab – avaylashadi. Shuningd ek kamxarj ham bo’lishadi.
Bu ijobiy xislat ko’rinishlar uydagi idrat tarbiya tufayli, pand — nasihatlaridan
dalolat beradi. Qolaversa keksalarning matal va pand — nasihatlari, odob — axloq
sabog’I hamda milliy qadriyatlar ta’sirida suyagi qotgan bolalar katta hayotda
ham qoqilmaydi.
Bizning Karim Shoniyozov nomli mahallamizda juda ulkan ishlar amalga oshrildi
Jumladan yangi kolleji bunod etildi. 9 – may xotira va qadrlash kuni munosabati
bilan mahallamizning bir guruh nuroniy keksa otaxonlari qadimiy Xiva shahriga
sayohatga borib qaytishdi. Shu bilan bir qatorda guzarimizdagi nuroniylar bogida
mahallamiz keksalari ishtirogida tadbir uyushtirilib o’zbek milliy taomi osh tarqatildi
va ular bilan dildan suhbatlar tashkil etildi. Maxallamiz xududida istimat qiluvchi
II – Jahon urush ishtirokchilari, mehnat faxriylari yolg’iz qariyalar holidan xabar olib
ularning kundalik yumishlarga yordamlashib turish maqsadida maktabimizda yosh
ko’makchilar guruxlari tashkil etilib doimiy ravishda ularning xolidan xabar olib
turishib oltindan afzal bolgan duolarini olib kelishmoqda.